Tushda qamoqxona ko`rsa nima bo`ladi. Tushda qamoqxona ko’rish xafagarchilikka ishoradir.Tushidao’ziningqamalganini ko’rgan kishi noto’g’ri yo’lga kiradi. Biror kishi tushida qamoqqa tushgani,oyoqlariga tayoq bilan urilganini ko’rsa, qo’liga tayoq soniga teng miqdorda pul tushadi. Biror uyga qamalganini tush ko’rgan kishi bo’ydoq bo’lsa, badavlat va ko’p farzand tug’adigan ayolga ulanadi. Oilali bo’lsa, boshqa yaxshilik nasib etadi. Zulmga yo’liqqan, nochor kishining qamoqxona ko’rishi duosi va qarg’ishi qabul bo’lishini anglatadi. Tor eshikdan, yopiq joydan, qamoqxona yoki shunga o’xshash joylardan qutulib chiqqanini tush ko’rgan kishi o’ngida ham yorug’likka chiqadi,falokati ariydi.
Tushda qamalsa
Qamoqxonaga kirib u erda bemalol o’tirganini ko’rgan kishi o’z tajribalari, urinishlari bilan egallay olmagan ishlarni o’rganadi. Qamalgan kishi tushida qamoqxona eshiklarining ochiq ekanini ko’rsa, qamoqdan chiqadi. Tushida qamoqxona qurganini ko’rgan kishi hidoyat yo’lini ko’rsatuvchi zot bilan uchrashadi. Kimdir vafot etgan biror kishining qamoqxonada ekanini ko’rsa, bu marhumning qarzi borligi, bandalik vazifalarini to’la ado etmaganini anglatadi. Tushida davlat rahbari tomonidan qamalganini ko’rgan ayol taniqli kishi bilan turmush quradi.
Tushda qanot
Tushda ko’rilgan qanot o’g’il farzanddir. Qanot boylik, safar deb ham ta’bir qilinadi. Qanoti og’irlik qilgani, ucholmaydigan holga kelganini ko’rgan kishi gunoh qilgan bo’ladi.
Tushda qal`a
Tushida qal’a ko’rish shahar ko’rish kabi ta’bir qilinadi. Biror kishining o’zini qal’a ichida ko’rishi dushmanidan ustun kelish alomatidir. Tushida qal’a ichi da ekanini ko’rgan kishi hamma V da ishonch va sabrga suyanadi. Qal’adan chiqqanini qaytib ko’rmaganini ko’rgan kishi din bilan aloqasini uzadi, ishidan ham ketadi. Qal’a qurganini ko’rish kelajagini kafolatlash demakdir. Tushida qal’ani yiqitganini, vayron qilganini ko’rishning ta’biri buning ziddidir. Eski qal’alarni aylanib yurganini ko’rish manfaatdan darakdir. Tushdagi qal’a to’g’rilik va taniqli zot, deb ham ta’bir qilinadi.
Tushda qaychi
Tushda qaychi ko’rish egizak yoki bir jinsli ikki bola, deb ta’bir qilinadi. Qaychi olgani, topganini ko’rgan kishining qizi bo’lsa, yana bir qiz tug’iladi. O’g’li bo’lsa, tug’iladigan farzand ham o’g’il bo’ladi. Tush ko’rgan kishining do’koni bo’lsa, yana bitta do’kon ochadi. Xotini bor bo’lsa, yana bir marta uylanadi. Tushda qaychi ko’rish rost va yolg’onni ajratuvchi kishi deb ham ta’bir qilinadi.
Tushda qalam
Tushda qalam ko’rish tush ko’rgan kishining darajasi yuqorilashi, martabasi oshishidan dalolatdir. Ko’p qalam ko’rgan kishining farzandlari va boyligi ko’p bo’ladi. Qalamdon ko’rish badavlatlik, ulug’lik, obro’-e’tibor, deb ta’bir qilinadi. Bunday tush davlatmand ayol bilan turmush qurishiga ishora bo’lishi ham mumkin. Siyoh va qalam ko’rish oilada o’g’il tug’ilishidan nishonadir. Tushdagi qalam saxiylik va ezgulikdir. Shuningdek, dushmandan ustun kelish alomati ham.
QALDIRG’OCh
Tushda ko’rilgan qaldirg’och uy-joyi bo’lmagan sarson-sargardon yuruvchi insonga ishoradir. Osmonda qaldirg’ochlarning aylanib yurganini ko’rgan kishi uzoq safarga chiqadi. Uyiga qaldirg’och in qurganini ko’rgan kishi dushmanlarini chaqiradi. Qaldirg’och tuxumini ko’rish oson erishiladigan boylikdir. Tushda qaldirg’och ko’rish ayollar uchun yaxshiroqdir.